Линклар

O‘zbekistonda Chevrolet Cobalt avtomobili sotuvga chiqdi


Chevrolet Cobalt avtomobili taqdimot marosimidan. 5 sentabr 2012 yil, Toshkent.

Chevrolet Cobalt avtomobili taqdimot marosimidan. 5 sentabr 2012 yil, Toshkent.

GM Uzbekistan avtomobil ishlab chiqaruvchi AQSh-O‘zbekiston qo‘shma korxonasi joriy yilda ishlab chiqarishi boshlangan Chevrolet Cobalt avtomobilining dastlabki 200 tasini sotuvga chiqardi.

Bu haqda xabar bergan Olam.uz saytiga ko‘ra, sotuvga chiqarilgan avtomobillar hafta oxirigacha respublika shaharlaridagi avtosalonlarga yetkaziladi.

GM Uzbekistan shirkati joriy yilning sentyabr oyida taqdim qilingan Chevrolet Cobalt avtomobilini kelasi yilda 120 mingdan ziyod ishlab chiqarishni rejalagan.

Ularning kamida ellik foizi MDH davlatlariga eksport qilinishi aytilmoqda.

To‘rt pozitsiyada chiqariladigan avtoulov, hujjatlarida aytilishicha, 100 kilometrga taxminan 6,2 yoqilg‘i sarflaydi. Uning eng arzon pozitsiyasi 41 million, eng qimmati esa 51,5 million so‘mdir.

Dastlabki partiyadagi yangi avtomobilga 2011 yil oxirida va 2012 yil boshida oldindan pul to‘lab qo‘ygan mijozlar ega bo‘lishi mumkin.
XS
SM
MD
LG