Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:22

Qirg‘iz deputati "SMS" orqali ajrashishni ma‘n qilmoqchi


Qirg‘izistonda "SMS " orqali taloq olayotgan ayollarning ko‘payib borayotgani mamlakat parlamenti deputatlarini tashvishga solmoqda.

Shu sabab "Or-Nomus" partiyasi deputati Tursunbay Bakir uulu Ozodlik bilan suhbatda mamlakat muftiysini bu odatni g‘ayrishar‘iy deb e‘lon qilishga chaqirganini aytdi.

Asosan Rossiya va Qozog‘istonda mehnat qilayotgan minglagan qirg‘izistonlik muhojirlar uyda qolgan ayollari bilan ajrashish uchun "SMS" jo‘natayotgani aytilmoqda.

Islom dini qonunlariga ko‘ra, erkaklar ayollari bilan ajrashishi uchun uch marta “taloq” so‘zini aytishi kerak.

O‘tgan yili Tojikiston Ulamolar kengashi tojik mehnat muhojirlarining “taloq” so‘zi yozilgan “SMS” orqali ajrashish odatini nomashru‘ ekani haqida fatvo chiqargan edi.
XS
SM
MD
LG