Линклар

Samarqandlik hattot Shavkat Istamov Qur‘oni karimning 1,5 metrlik qo‘lyozma nusxasini yaratdi.

Besh yil davom etgan mehnat mahsuli ekani aytilayotgan 311 varaqlik kitobning bo‘yi 1,5 metr, eni 86 sm, qalinligi esa 10 sm dan iborat. Kitobning og‘irligi esa yuz kilogrammni tashkil etadi.

“XXI asr” gazetasining yozishicha, "Ginnes rekordlar kitobi"ga kiritish mumkin bo‘lgan ushbu Qur‘on samarqandlik hattotning birinchi ishi emas.

Bir necha yil avval u balandligi 1 metr va og‘irligi 40 kilogrammli muqaddas kitob qo‘lyozmasini yaratgan edi.

Asli kasbi injener-mexanik bo‘lgan Shavkat Istamov avvalroq Alisher Navoiy, Abu Abdulloh Rudakiy, Hofiz Sheroziy, Pahlavon Mahmud, Umar Hayyom asarlarining o‘zbek va fors tillaridagi qo‘lyozmalarini ham yozib chiqqan.
XS
SM
MD
LG