Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:52

@GulnaraKarimova Twitterda mushaklarini cho‘zdi


@GulnaraKarimova ning Twitterda e‘lon qilgan va muhokamalarga sabab bo‘layotgan suratlaridan biri.
@GulnaraKarimova ning Twitterda e‘lon qilgan va muhokamalarga sabab bo‘layotgan suratlaridan biri.
Twitter tarmog‘idagi O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga tegishli, deb hisoblangan @GulnaraKarimova nomli manzilda mushaklarni cho‘zish darslari aks etgan suratlar chop etildi.

Twitterdagi manzilida nisbatan faol bo‘lgan va o‘z followerlari savollariga kuttirmasdan javob berib boradigan @GulnaraKarimova kuni kecha sport bilan shug‘ullanishi aks etgan o‘ndan ortiq suratini chop etdi.

"Gratsiya va plastika", "Bir joyda turib yugurish", "Itcha turish" va hokazo jumlalar bilan o‘z mashg‘ulotlarini erinmay sharhlagan @GulnaraKarimova folloverlariga, asosan, mushakni cho‘zishda asqotadigan foydali maslahatlarni berdi.

Followerlarning aksariyati bu maslahatlar va suratlardan ruhlandi hamda @GulnaraKarimovaga olqishlar, iltifotlar yog‘dirdi.

Ammo, ayrim suratlarga e‘tiroz qilgan Twitterchilar ham bo‘ldi va ular "Suratdagi qiz sizmi o‘zi?", "Bunaqa harakatlarni buvijonlarimiz ham bajaradi, jiddiyroq narsalarga o‘ting" mazmunidagi luqmalarni tashladi.

Ozodlik quyida @GulnaraKarimova chop etgan suratlardan ayrimlarini Ozodlik mushtariylariga havola qilmoqda.


XS
SM
MD
LG