Линклар

Qirg‘izistonlik huquq faoli va jurnalist Azimjon Asqarov Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasining 2012 yilgi matbuot erkinligi mukofoti bilan taqdirlandi.

Biroq ayni damda bir umrlik qamoq jazosini o‘tayotgan Asqarov 20 noyabr kuni Nyu York shahrida o‘tgan taqdimot marosimida qatnasha olmadi.

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi noyabr oyi boshida Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevga qamoqda saqlanayotgan huquq himoyachisini ozod etish uchun ochiq petitsiya yo‘llagan edi.

Biroq, qo‘mitaga ko‘ra, Qirg‘iziston rahbari ushbu chaqiriqqa javob bergani yo‘q.

Nyu Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi qoidasiga ko‘ra, agar laureat shaxsan taqdirlash marosimida qatnasha olmasa, uning mukofoti o‘zi kelib olmaguncha qo‘mita binosida saqlanadi.

Qirg‘izistonning Bozorqo‘rg‘on tumanidan bo‘lgan o‘zbek millatiga mansub huquq himoyachisi Azimjon Asqarov O‘sh qirg‘ini tashkilotchilaridan biri sifatida ayblanib, bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Xalqaro hamjamiyat Asqarov ishini siyosiylashtirilgan va soxtalashtirilgan, deb tanigan.
XS
SM
MD
LG