Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:15

FIFA: 2012 yilning eng chiroyli goliga ovoz berish davom etmoqda


FIFA o'tib ketayotgan 2012 yilda kiritilgan eng chiroyli golni muxlislar yordamida aniqlashda davom etmoqda.

Tanlovning 29 noyabrgacha davom etadigan birinchi bosqichida FIFA futbol ekspertlari tarafidan tanglangan 10 gol futbol muxlislari ko'rigiga qo'yilgan. Muxlislar o'zlariga yo'qqan eng chiroyli tanlab, unga ovoz berishlari kerak.

Ikkinchi bosqichga eng ko'p ovoz to'plagan uch gol chiqadi va futbol ishqibozlari yana ovoz berish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Eng chiroyli gol uchun ovoz berish 2013 yilning 7 yanvariga qadar davom etadi. Tanlovning yakunig natijasi esa 7 yanvar kuniga rejalashtirilgan FIFAning gala-konsertida e'lon qilinadi.

Eng chiroyli gol egasiga afsonaviy futbolchi Frens Pushkash nomidagi mukofot topshiriladi.

Eslatamiz, 2011 yilgi Pushkash mukofotini braziliyalik taniqli futbolchi Neymar ushbu goli uchun qo'lgan kiritgan edi.

Quyida FIFAning 2012 yilgi Pushkash mukofoti uchun bellashayotgan gollar to'plami:

Agyemang Badu (Gana - Gvineya, 2012 yil 1 fevral)




Hatem ben Arfa (Nyukasl Yunayted- Blekbern Rovers, 2012 yil 7 yanvar)




Radamel Falkao (Amerika de Kali - Atletiko Madrid, 2012 yil 19 may)




Erik Hassli (Vankuver Uaytkeps - Toronto FK, 2012 yil 16 may)




Olivia Ximenes (Meksika - Shveysariya, 2012 yil 22 avgust)




Gaston Mealla (Natsional Potosi - Strongest, 2012 yil 29 yanvar)




Lionel Messia (Braziliya - Argentina, 2012 yil 9 iyun)




Neymar (Santos - Internatsional, 2012 yil 7 mart)




Mussa Sou (Fenerbahche - Galatasaray, 2012 yil 17 mart)




Miroslav Stox (Fenerbahce - Genjbirliyi, 2012 yil 3 mart)




Aziz futbol muxlisi, siz o'zingizga yoqqan gol uchun bu "link" orqali ovoz berishingiz mumkin. Buning uchun gol ostidagi "vote" tugmachasini bosing.
XS
SM
MD
LG