Линклар

logo-print
Apple shirkatining 1976 yilda ishlab chiqarilgan "Apple 1" kompyuteri Germaniyaning Kyoln shahrida o'tkazilgan kimoshdi savdosida rekord narxda - 400 ming yevroga sotildi.

Bu esa kompyuterning o'z narxidan kamida 500 marta qimmatdir.

Stiv Jobs asos solgan "tishlangan olma" ishlab chiqargan ilk kompyuterlar yildan yilga qimmatlab bormoqda. Solishtiradigan bo'lsak, 2010 yilda Londonda o'tkazilgan kimoshdi savdosida "Apple 1" 165 ming yevroga sotilgan edi. 2012 yilning iyun oyida Nyu Yorkda o'tkazilgan savdoda 46 yoshli kompyuter 290 ming yevroga sotildi.

"Apple 1" kompyuterining qimmatligiga asosiy sabablardan biri uning atigi 200 donada ishlab chiqilganidir.

Ilk bor 1976 yillda ishlab chiqarilgan “Apple 1” kompyuteri Kaliforniya shtatining Palo Alto shahridagi “Byte Shop” elektronika do‘konlarida 666 dollar 66 sentdan sotilgan.

Hozirda Apple shirkatining ilk kompyuterlaridan atigi 43 donasi saqlanib qolgani aytilmoqda. Ulardan oltitasi hali ham ishlay oladi. Aynan shulardan biri Kyoln shahrida rekord narxda sotildi.

XS
SM
MD
LG