Линклар

BMT Bosh assambleyasi Falastinning tashkilotdagi maqomini “BMT a‘zosi bo‘lmagan davlat” deb o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bunga qadar Falastin “kuzatuvchi” maqomiga ega edi.

Payshanba kuni o‘tgan yig‘inda mazkur qarorni qo‘llab 138 davlat ovoz berdi, 9 davlat qarshi chiqdi va 41 davlat xolis qoldi. AQSh va Isroil bu qarorga qarshi ovoz bergan davlatlar toifasidandir.

AQShning BMTdagi elchisi Syuzan Rays Falastin maqomining o‘zgartirilishini “nomaqbul va tinchlik o‘rnatish yo‘lida to‘siq bo‘luvchi qaror” deb atadi.

Falastin maqomining yuqorilatilishi mazkur davlatga BMTning turli tuzilmalari, jumladan, Xalqaro sudga qo‘shilish imkoniyatini beradi. Bu orqali Falastin Isroilni harbiy jinoyatlarda ayblab Xalqaro sudga murojaat qilishi mumkin.
XS
SM
MD
LG