Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:47

Toshloq pochtasini o‘g‘ri urdi


Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani pochta bo‘linmasidan shu yilning 5 dekabridan 6 dekabriga o‘tar kechasi millionlagan so‘m miqdorida pul o‘g‘irlangan.

Ozodlikning farg‘onalik manbasiga ko‘ra, Toshloqdagi bu o‘g‘irlik tuman aholisining tinchini buzgan.

Uning aytishicha, ijtimoiy to‘lovlar (pensiya) uchun mo‘ljallanmish 200 million so‘mdan ortiqroq pul saqlanayotgan pochta bo‘linmasidan 17 million so‘m o‘g‘irlab chiqib ketilgan.

Ismi oshkor qilinishini istamagan manbaga ko‘ra...

- O‘shandan beri rayon markazida bo‘lgan taksichi, Damas haydovchisi yoki ko‘chada nomi chiqqan odamlarning hammasini, pochta atrofidagi magazin rahbari yoki sotuvchilarning hammasini olib kirib tiqib yuborgan. “Guvohligi kerak, unisi kerak, bunisi kerak” deb bezor qilishdi. Qattiq to‘polon bo‘lib, axtar-axtar bo‘layapti.

Ozodlik: Damas haydaganlar deyapsiz, Damas haydovchilaridan gumon bor ekanmi?

- Kimdan gumonligi noaniq. Kimni bo‘lsa olib kirib ketayapti.

Ozodlik: Ularni qayerga olib kirib ketishayapti?

- Rayon ichki ishlar bo‘limiga, - dedi Ozodlikning farg‘onalik manbasi.

Toshloq tuman ichki ishlar bo‘limining o‘zini Husniddin deb tanishtirgan navbatchisi pochta bo‘linmasidan pul o‘g‘irlanganiga oid ma‘lumotni tasdiqladi, biroq pul o‘g‘rilari hali topilmaganini aytdi.

Ayni paytda navbatchi bu ish bo‘yicha “Toshloqda ko‘ringan odamni militsiya olib ketayapti” degan gapni inkor qildi.

- Ko‘ringan odamni emas, o‘sha podozritelniy odamlarni... O‘sha yerda ishlagan, pul kelganini bilgan, sho‘pir-haydovchi – o‘sha odamlar olib kelinib, so‘roq qilinayapti, - dedi Toshloq tuman ichki ishlar bo‘limining navbatchisi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, hozir mazkur hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, jinoyatchilarni qidirish ishlari davom etmoqda.
XS
SM
MD
LG