Линклар

Kuala Lumpurda Osiyo qit‘asida futbol bo‘yicha yangi musobaqa – 14 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida qit‘a chempionatining saralash bahslariga qur‘a tashlandi.

11 dekabr kuni o‘tgan qur‘a natijasiga ko‘ra, bosh murabbiy Temur Alixo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekistonning 14 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar terma jamoasi saralash bahslarining “C” guruhidan o‘rin oldi.

Ushbu guruhda O‘zbekiston termasi Tojikiston, Nepal, Butan, Maldiv orollari hamda Afg‘oniston jamoalari bilan bahs olib boradi.

Saralash bosqichidagi “C” guruhining o‘yinlari Nepalda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvlar muddatlari keyinroq e‘lon qilinishi aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG