Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:19

Shimoliy Koreya raketa uchirdi


Shimoliy Koreya uzoq masofaga uchadigan raketa parvozini amalga oshirdi. Bu haqda Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi ma‘lum qildi.

Chorshanba kuni ertalab uchirilgani aytilayotgan raketa parvozi qanday o‘tgani haqida hozircha aniq ma‘lumot yo‘q.

Shimoliy Koreya tarafidan joriy yilning aprel oyida uchirilgan raketa ikki daqiqa o‘tib yerga qulagan edi.

Bugun uchirilgan raketa 12 daqiqada Yaponiyaning janubiy orollari ustidan uchib o‘tgani aytilmoqda.

Pxenyan rasmiylari sun‘iy yo‘ldoshni fazoga olib chiqadigan raketa uchirilishini ma‘lum qilgan edi.

Biroq AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa davlatlar ushbu raketa parvozi yadroviy kallaklar o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan ballistik raketa texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish uchun amalga oshirilayotgan bo‘lishi mumkinligidan xavotir bildirgan.

BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyaning raketa uchirish rejalarini qorlagan.
XS
SM
MD
LG