Линклар

logo-print
O‘zbekistonda 2012 yilning 1 dekbardagi holatga ko‘ra, 1305 ta ommaviy axborot vositasi ro‘yxatga olingan. Bu haqda 12news.uz agentligi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori Bobur Alimovga tayanib xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, ro‘yxatga olingan ommaviy axborot vositalarining 712 tasi gazeta, 264 tasi jurnal, 16 tasi axborot byulleteni, 4 tasi axborot agentligi, 63 tasi televideniye va 34 tasi radiodir.

Bundan tashqari 210 ta veb sayt ham ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Alimovning aytishicha, nashrlarning 43 foizi, telekanallarning 53 foizi, radiokanallarning 85 foizi davlatga qarashli emas.
XS
SM
MD
LG