Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:19

Qirg‘iz parlamenti qiz o‘g‘irlash uchun jazoni kuchaytirmoqchi


Kecha Qirg‘iziston parlamenti qiz o‘g‘irlash uchun belgilangan jazoni keskinlashtirish va hozirgi qonunchilikda ko‘zda tutilgan 3 yil o‘rniga jazoni 7 yil ozodlikdan mahrum qilish deb belgilash taklifini muhokama qilishni davom ettirdi.

Qiz o‘g‘irlash uchun jazoni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi parlament avvalgi yig‘inlarida 1 va 2-o‘qishda ma‘qullandi.

Loyihaning qonun kuchini olish uchun uni deputatlar 3-so‘nggi o‘qishda ham qabul qilishlari¸ so‘ngra u ikki parlament qo‘mitasi tasdig‘idan o‘tishi va prezident tomonidan imzolanishi lozim.

Qirg‘izistonlik huquq faollari hisobicha¸ har yili mamlakatda 12 minggacha qiz o‘z xohishiga qarshi o‘g‘irlab ketiladi va ularning ko‘pchiligini 18 yoshga yetmaganlar tashkil etadi.

Qirg‘iziston qonunchiligida qizlarning 18 yoshga to‘lgandan so‘ng turmushga chiqishiga ruxsat etiladi.

Aksar hollarda 18 ga to‘lmaganlar norasmiy tarzda diniy nikoh orqali turmush qurishga majburlanadi va bu ularni har qanday legal haqdan mosuvo qilmoqda¸ deyishmoqda qonun tashabbuschilari bo‘lgan qirg‘iz deputat va huquq faollari.
XS
SM
MD
LG