Линклар

Keyingi kunlarda OzodJavobga kelayotgan savollarning aksari 21 dekabr kuni "oxirzamon bo‘larmish", "qiyomat boshlanarmish" qabilida bo‘layotgani uchun ushbu savolga javob izlashga harakat qildik.

OzodJavob Forumiga kelayotgan, Facebook, Twitter, Skype orqali yo‘llanayotgan savollarning aksari aynan 21 dekabrga taalluqlidir.

Murod ismli samarqandlik yigit Skype orqali yo‘llagan savolida shunday yozdi:

“21 dekabr kuni oxirzamon bo‘ladi deyishayapti shu to‘g‘rimi? Qadimiy Mayya taqvimi 21 dekabrda tugarkan. Shu kuni Quyosh gallaktika markazidan o‘tadi, hamma yoqni qorong‘ulik qoplaydi, Nibiru planetasi Yerga yaqin keladi deyishayapti. Yana o‘sha kuni to‘rtta planeta bitta chiziqqa to‘g‘ri kelib, to‘qnashuv sodir bo‘ladi deyilayapti. Bu alomatlar barchasi oxirzamon boshlanishidan darak degan gaplarni Internet orqali o‘qiyapmiz. Haqiqatdan ham shundaymi? Bular oxirzamon alomatlarimi?” deya savol yo‘llagan samarqandlik Murod.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, shayx Abdulaziz Mansur Ozodlikka bergan intevyusida oxirzamon haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirib, buni bashoratchilarning to‘qimasi deya atadi.

- Qur‘oni Karimning o‘nlab joylarida qiyomat kunini Olohdan boshqa hech kim bilmaydi, belgilay olmaydi deyilgan. Hatto payg‘ambarlar ham, aziz-avliyolar ham uni qachon bo‘lishini bilmaydi. Lekin qiyomatning behos bo‘lishi haq u... Keyin Hadisu shariflarda alomatlari ham aytilgan. Mana shu aytilgan alomatlarning hali hammasi ro‘yobga chiqqani yo‘q, deydi Abdulaziz Mansur.

Shayx Abdulaziz Mansur bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin:



AQShdagi NASA fazo agentligi mutaxassislari ham 21 dekabr bilan bog‘liq gap so‘zlarni inkor qiladi.

NASA mutaxasislariga ko‘ra, dunyo 2012 yilda tugamaydi, Yer sayyorasiga hech qanday tahdid yo‘q.

Mutaxasislar 21 dekabrdan keyin dunyoni qorong‘ulik qoplashi va sayyoralar to‘qnashuvi haqidagi gap-so‘zlarni mutlaqo inkor qilib, Nibiru planetasi borligi ham olimlarga noma‘lumligini ta‘kidlashgan.

Shuningdek, NASA mutaxassislari fikricha, 21 dekabrda Mayya taqvimining uzoq hisobli bir davri tugaydi va keyin uning yangi davri boshlanadi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG