Линклар

Xorazm viloyatida yiliga 40 ming dona Damas rusumidagi avtomobil va unga kerakli ehtiyot qismlar ishlab chiqarish rejalanmoqda.

Buni Xorazm viloyati hokimi Po‘lat Bobojonov “XXI Asr” gazetasiga bergan intervyusida ma‘lum qilgan.

Bobojonovga ko‘ra, bu loyiha O‘zbekiston rahbari tasdiqlagan viloyat sanoati potentsialini rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan.

O‘zbekistonda ilk bor Damas avtomobili ishlab chiqarish 1996 yilda Andijon viloyatidagi Asaka avtomobil zavodida yo‘lga qo‘yilgan.

2006 yil fevral oyidan beri Damas V100 o‘rniga Damas V150 ishlab chiqarilmoqda.

Hozirda GM-Uzbekistan qo‘shma korxonasi Nexia, Lacetti, Malibu, Cobalt, Matiz, Spark, Captiva va Damas kabi avtomobillarni yig‘ayapti.

2013 yilda O‘zbekistonda 120 ming dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarilishi va uning yarmidan ko‘prog‘i xorijga eksport qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, kelasi yil kuz faslida Chevrolet Lacetti avtomobilining yangilangan variantini sotuvga chiqarish mo‘ljallangan.

GM-Uzbekistan qo‘shma korxonasi o‘tgan yil 221.445 dona avtomobil ishlab chiqargani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG