Линклар

logo-print
AQSh prezidenti Barak Obama juma kuni 26 kishi, jumladan, 20 nafar bola otib o‘ldirilgan Nyutaun shahriga keldi.

Oq uy rasmiylariga ko‘ra, Obama ayni damda qurbon bo‘lganlar oila a‘zolari va yaqinlari bilan uchrashib, ularga ta‘ziya izhor etmoqda.

Kuni kecha Konnektikut shtati rasmiylari Nyutaun shahridagi boshlang‘ich maktabga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganlarning ismlari va yoshini e‘lon qildi.

Qurbon bo‘lganlarning 20 nafari olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar, olti nafari esa maktab o‘qituvchisi bo‘lgan.

Politsiya bergan ma‘lumotga ko‘ra, hujumni uyushtirgan 20 yoshli Adam Lanza maktabga uch dona o‘qotar qurol bilan kelgan.

Adam Lanza qotillik sodir etishdan oldin ushbu maktabda ishlagan onasi Nensi Lanzani otib o‘ldirgani ham aytilmoqda.

Qotil maktabga qilgan hujumidan so‘ng o‘zini o‘zi otib o‘ldirgan.
XS
SM
MD
LG