Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:49

Bishkekda o‘n minglab odam gaz va elektrsiz qoldi


Regnum axborot agentligining xabar berishicha, Qirg‘iziston poytaxti aholisiinng 80 foizi o‘ta sovuq bo‘lgan shu kecha-kunduzda gaz va elektr ta‘minotisiz qoldi.

18 noyabrga o‘tar kechasi Bishkekda 20 daraja sovuq bo‘ldi. Sinoptiklar bugun 18 daraja sovuq bo‘lishini bildirmoqda.

Bishkek shahar meri o‘rinbosari To‘ro‘bek Imashevning parlament deputatlariga ma‘lum qilishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston tomonidan Bishkekka gaz berilishining to‘xtatilishi oqibatida poytaxt aholisi elektr energiyasidan belgilanganidan ortiq me‘yorda foydalana boshlagan. Buning natijasida elektr uzatkichlar ishdan chiqqan.

Bundan avvalroq Qirg‘iziston Bosh vaziri Jonto‘ra Sotiboldiyev 2012-2013 yil qish mavsumida gaz va elektr ta‘minotida uzilishlar bo‘lmasligi haqida bayonot bergan edi.
XS
SM
MD
LG