Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:49

Pokistonda 19 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi


Afghanistan -- Two young boys are handcuffed at a local liquor factory in Kabul, 29Jun2010
Afghanistan -- Two young boys are handcuffed at a local liquor factory in Kabul, 29Jun2010
Peshovar shahar aeroportiga shanba kuni raketa hujumi uyushtirilganidan keyin Chag‘ay va Peshovarda xavfsizlik kuchlari o‘tkazgan reydda kamida 19 nafar xorijlik qo‘lga olindi.

Rakistantoday.com nashri xabariga ko‘ra, Chag‘ay shahridagi avtobus bekatida 17 nafar O‘zbekiston fuqarosi hibsga olingan.

Ular tegishli hujjatga ega bo‘lmay Eronga ketayotgan bo‘lgan.

Afg‘onistondan kelgani taxmin qilinayotgan 17 o‘zbekistonlikning yonida qurollar topilmagan.

Ayni paytda, katta avtomobil yo‘lida odatdagi tekshiruv paytida yana ikki xorijlik ushlangan.

Pokiston politsiyasiga ko‘ra, ular O‘zbekikton fuqarolari ekani taxmin qilinmoqda.

Hibsga olinganlar shaxsini aniqlash uchun ularning hammasi noma‘lum tomonga olib ketilgan.
XS
SM
MD
LG