Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:34

Urganchda gaz, Chiroqchida chiroq yo‘q


Gaz va chiroq yo‘qligi qish mavsumining bu yil ham o‘tgan yildagiday og‘ir kelishidan dalolat berib turibdi.
Gaz va chiroq yo‘qligi qish mavsumining bu yil ham o‘tgan yildagiday og‘ir kelishidan dalolat berib turibdi.
Keyingi kunlarda butun Markaziy Osiyoda, xususan, O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayib ketdi. Mutaxassislar ob-havoning bu o‘zgarishida anomallik ko‘rmayotganini aytayotgan bo‘lsa ham, energiya ta‘minotidagi uzilishlar endigina boshlangan qish mavsumining bu yil ham o‘tgan yildagiday og‘ir kelishidan dalolat berib turibdi. So‘nggi kunlarda O‘zbekiston Qozog‘istonga uzatayotgan tabiiy gaz hajmi ikki baravarga qisqargani xabar qilindi. O‘zbekistonning turli hududlaridan esa, elektr energiyasi va gaz taqchilligi to‘g‘risida xabarlar kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati saytiga ko‘ra, 16 dekabr, kunduzi Nukusda 18, Urganchda 14, Gulistonda 12 daraja sovuq bo‘lgan.

17 dekabrga o‘tar kechasi Nukusda 24, Urganchda 19, Gulistonda 15 darajaga tushgan.

Respublikaning boshqa hududlarida harorat tilga olingan viloyatlardagidan biroz iliqroq bo‘lgan.


Urganchning ba‘zi mavzelarida gaz ham, elektr ham yo‘q


Ismini aytmasligimizni so‘ragan urganchlik ayol esa, o‘z hovlisidagi termometr ko‘rsatkichidan kelib chiqib, kecha bizda23 daraja sovuq bo‘ldi, deb xabar qildi.

Uning aytishicha, 17 dekabr kuni sovuqning shashti biroz qaytgan.

- Bugun ertalab 19 – 17 darajaga tushdi, dedi urganchlik ayol.

Mana shunday sharoitda, ayolning aytishicha, gaz ham, elektr energiyasi ham yetarli berilmayapti.

- Gazni ham, elektrni ham o‘chirib qo‘yishayapti. Uyda muzlab o‘tiribmiz. Biz, kattalarku, mayli, issiq kiyinib jon saqlarmiz. Lekin emizikli bolalari borlar nima qilsin?!, deb zorlandi urganchlik ayol.

Shuni aytib o‘tish kerakki, urganchlik ayolning aytishicha, bu ahvol keyingi kunlardagi sovuq bilangina bog‘liq emas – u yashaydigan ko‘pqavatli uylarda so‘nggi 5 – 6 yildan beri ahvol shu.

Uning so‘zlariga qaraganda, gaz Urganchda umuman yo‘q, deb bo‘lmaydi.

- Shaharning gaz yaxshi yonadigan ba‘zi mavzelari ham bor, dedi ayol.

Nukus – eng sovuq shahar, lekin gaz bor
Aftidan, nukuslik O‘rinboy aka Qoraqalpog‘iston poytaxtining gaz yaxshiroq yonadigan mavzeida yashaydi.

- Havo sovuq. Tunda 24-26 daraja bo‘ladi. Hozir ham 15 daraja.

Ozodlik: Har yili dekabr o‘rtalarida shunaqa sovuq bo‘larmidi?

- O‘tgan yillar unchalik bo‘lmas edi. Bu yil chatoq bo‘layaptida.

Ozodlik: Gaz, svet bormi?

- Bor.

Ozodlik: Uyni bemalol isitayapsizlarmi?

- Uy issiq, ha uy issiq, deydi nukuslik O‘rinboy aka.


Chiroqchida yana chiroq yo‘q


Nukusliklar, yoki shaharning suhbatdoshimiz yashaydigan mavzei aholisi tunlari havo qariyb 25 daraja sovuyotgan bir sharoitda gaz va elektr energiyasidan foydalanayotgan bir paytda Qashqadaryoning Chiroqchi tumani qishloqlarida gaz bilan elektr bu yil ham taqchil.

Bu yil ham deganimizning boisi bor: chiroqchiliklar o‘tgan qish mavsumida energiya taqchilligidan eng ko‘p zorlanganlar orasida bo‘lgan edi.

O‘rta maktabda 22 yil o‘qituvchilik qilgan tinglovchimiz qishlog‘ida bir haftadan beri elektr yo‘qligini aytib berdi.

- Chiroq yo‘q Chiroqchida. Olti kundan beri umuman bir sekund ëngani yo‘q. Mana bugun bilan 7 kun bo‘ladi. O‘zimiz qo‘lbola generator bilan kachalka quduq kavlaganmiz. Hozir endi quduqqa tushib 1-2 metr loyini olib chiqdi. Loyqa suv bo‘lsa ham mollarni sug‘orayapmiz. O‘zimiz tindirib ichayapmiz. Bundan har qanday virus chiqadida endi, dedi 22 yildan beri o‘qituvchilik qilayotgan chiroqchilik tinglovchimiz.

Yanayam, uning va hamqishloqlari baxtiga Qashqadaryo viloyatida harorat Nukus yoki Urganch, Guliston yoki Jizzaxdagiday keskin tushib ketmadi. 16 dekabr, kunduzi +1 daraja bo‘ldi.

Lekin 17 dekabrga o‘tar kechasi sovuq 8 darajaga tushdi.

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati saytiga ko‘ra, joriy hafta davomida shu kundagi sovuq deyarli saqlanib qoladi.

Toshkentda 18 dekabrga o‘tar tunda 8 – 10, kunduzi 4 – 6 daraja sovuq bo‘ladi.
XS
SM
MD
LG