Линклар

Xitoy politsiyasi sakkiz provinsiyada o'tkazgan keng ko'lamli mahsus amaliyot davomida oxirzamon haqida mish-mish tarqatgan 93 nafar kishini hibsga oldi.

Xabarlarga ko'ra, ushlanganlarning aksari "Qudratli xudo" duniy sektasi a'zolaridir. Ular yonidan qiyomat kuni haqidagi varaqalar, disklar va kitobchalar topilgan.

"Qudratli xudo" sektasi a'zolariga ko'ra, 21 dekabr kuni qiyomat boshlanadi va quyosh nuri hamda elektr quvvatisiz qolgan dunyo mangu qong'ulikka cho'kadi.

Xitoy hukumati oxirzamon haqida mish-mishlar tarqatib, xalq orasida vahimaga sabab bo'layotganlarga qarshi keskin kurash olib bormoqda.

So'nggi kunlarda Ozodlikka kelayotgan savollarning ko'pi ham 21 dekabr kuni boshlanishi iddao qilinayotgan oxirzamon haqida bo'lmoqda.

Ushbu savolga javob izlab, Ozodlik muxbiri O'zbekiston Musulmonlar idorasi raisi o'rinbosari, shayx Abdulaziz Mansur bilan suhbat qurdi.


Eslatamiz, "qiyomat boshlanishi" haqidagi mish-mishlar paydo bo'lishiga qadimda yashagan Maya qabilasi tuzgan taqvim sabab bo'ldi. Toshga o'yilgan ushbu taqvimda 2013 yilning 21 dekabr kuni "yangi davr" boshlanishi aytilgan.
XS
SM
MD
LG