Линклар

logo-print
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori, ayni damda Saudiyaining "Ash-Shabob" klubida to'p surayotgan Server Jeparov o'zining Twitter sahifasida "Barselona" jamoasi va Messi o'yini haqida o'z fikrlarini aytib o'tdi.

- Kecha "Barselona"ning o'yinini tomosha qildim. Futbol baribir jamoaviy o'yin. "Barsa" esa buni barchaga ismotlamoqda. Messi shunchaki super! Men unga va uning rekordiga muxlislik qilaman. U bir yoki ikkita gol emas, shuncha gol urishini tilaymanki, uning rekordi uzoq yillar yoki 100 yil saqlanib tursin. "Barsa"ni tomosha qilib shunchaki dam olasan!, - deydi futbolchi Server Jeparov.

Eslatamiz, 25 yoshli argentinalik futbolchi Lionel Messi 16 dekabr kuni "Atletiko" jamoasiga qarshi o'tgan o'yinda dublga mualliflik qilib, 2012 yilda kiritilgan gollari hisobini 90 ga yetkazdi. Bu esa bir taqvim yilda kiritilgan gollar soni bo'yi mutloq rekord ko'rsatkichdir.

Joriy yilda 30 yoshni qarshilagan Server Jeparov 2011 yildan beri Saudiya Arabistoning "Ash-Shabob" futbol jamoasida to'p surmoqda. Bungacha u Janubiy Koreyaning "Seul", O'zbekistonning "Bunyodkor", "Paxtakor" va "Navbahor" jamoalarida faoliyat yuritgan.

Jeparov O'zbekiston milliy terma jamoasiga 2002 yili qo'shilgan va shungacha terma jamoa safida 81 o'yin o'tkazib, ularda 17 gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.
XS
SM
MD
LG