Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:55

21 dekabr kuni qiyomat boshlanishiga ishonasizmi?


Rossiyalik olim Yevgeniy Ubiyko 21 dekabr kuni boshlanishi tahmin qilinayotgan oxirzamonda jon saqlash uchun mahsus zirhlangan kapsula qurdi.
Rossiyalik olim Yevgeniy Ubiyko 21 dekabr kuni boshlanishi tahmin qilinayotgan oxirzamonda jon saqlash uchun mahsus zirhlangan kapsula qurdi.
21 dekabr yaqinlashgani sari ko'pchilik, ayniqsa internet foydalanuvchilari orasida shu kuni boshlanishi tahmin qilinayotgan oxirzamon haqidagi bahslar qizg'in tus olmoqda.

Ayrimlar bu kuni chindan ham qiyomat boshlanishiga ishonib, oziq-ovqat va favqulodda vaziyatda kerakli bo'ladigan narsalarni tayyorlab qo'ygan bo'lsa, boshqalar bu "bashorat"ga ishonchsizlik bilan qaramoqda.

"Yosh to'lqin" loyihasi muxbirlari esa oxirzamon haqida shu kungacha bo'lgan "eng katta bashoratlar" to'plamini tuzib chiqdi.


2012, 21 dekabr -- Qadimda Shimoliy Amerika qit'asida yashagan Maya qabilasining toshga o'yib qoldirgan taqvimiga ko'ra, aynan shu kuni 5125 yil davom etgan davr tugab, yangi davr boshlanadi. Ko'pchilik ushbu sanada oxirzamon bo'lshlanishiga ishonmoqda.

2003 -- Yaponiyada "Aum Shinrikyo" (Oliy haqiqat) diniy guruhi dunyo 2003 yilda boshlanadigan atom urushi oqibatida ko'kka sovurilishini bashorat qilgan.

2000 -- Ming yillikda boshlanadigan oxirzamon haqidagi mish-mishlarga "Y2K" kompyuter kodi muammosi sabab bo'lgan edi.

1999 -- O'z bashoratlari bilan ko'pchilikka tanish Nostradamus 1999 yili falakdan yerga tushuvchi "Qo'rquv qiroli" haqidagi bashorati qiyomat haqidagi mish-mishlarga sabab bo'lgan edi.

1997 -- Marshal Eppluayt tarafidan asos solingan "Falak darvozasi" nomli sekta 1997 yili yer yuzidagi barcha tirik jon o'zga sayyoraliklar tarafidan yo'q qilinishiga ishongan. Sektaning 39 a'zosi ruhlari kosmik kemada fazoga uchib ketishiga imkoniyat uchun o'zlarini o'ldirishgan.

1914 -- "Iyegova guvohlari" nasroniy sektasi 1914 yili qiyomat boshlanishini bashorat qilgan. Bundan keyin ham ushbu guruh qator oxizamon bashoratlarini qilgan.

1910 -- Har 75-76 yilda yerga yaqinlashadigan Galley kometasining osmonda ko'rinishi 1910 yilda oxirzamon haqidagi mish-mishlarni tug'dirgan edi. Ayrimlar Galley kometasi yer yuziga zaharli gaz sochib, butun jonzotni qirib tashlaydi, deya bashorat qilgan.

... va boshqa bashoratlar.

Aziz tinglovchi, siz 2012 yilning 21 dekabrida qiyomat boshlanishi haqidagi bashoratga ishonasizmi?
XS
SM
MD
LG