Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:59

O‘zbekiston FIFA reytingida ikki o‘ringa yuqoriladi


Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi muxlisi 2011 yilgi Osiyo kubogida.
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi muxlisi 2011 yilgi Osiyo kubogida.
FIFA tashkiloti e‘lon qilgan futbol bo‘yicha milliy terma jamoalarning dekabr oyidagi reytingida O‘zbekiston o‘tgan oyga nisbatan ikki pog‘ona yuqoriladi.

Ayni damda O‘zbekiston FIFA jahon reytingining 67-pog'onasidan o'rin egallagan.

Osiyo qit‘asi terma jamoalari orasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamon kuchli beshlikdan o‘rin olib turibdi. Kuchli beshlikdan Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya hamda Eron terma jamoalari o‘rin olgan.

FIFAning jahon reytingi birinchi uchtaligida esa Ispaniya, Germaniya va Argentina terma jamoalari o‘rin olgan. Murabbiy Fabio Kapello boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi o'tgan oyda egallab o'lgan 9-chi pog'onani bo'shatgani yo'q.

Mintaqa mamalakatlari orasida O‘zbekiston dadillik bilan birinchilikni saqlab qolmoqda. Qo'shni mamlakatlarga FIFA reytingi birinchi yuztaligiga kirish nasib etmadi - Turkmaniston 129, Tojikiston 136, Qozog'iston 142, Qirg'iziston 199 o'rinda.


O‘zbekistonning FIFA reytinggida egallagan eng yuqori pog‘onasi 2006 yil noyabr oyiga to‘g‘ri keladi. Unda terma jamoamiz jahon reytingida 45-o‘rinni olgan edi.

FIFA reytingi har oyda yangilanib turiladi.
XS
SM
MD
LG