Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 10:21

O‘zbekistonda Android smartfonlari chiqarila boshladi


O‘zbekistonning Artel kompaniyasida ishlab chiqarilgan Android telefonlari yangi yildan boshlab savdoga chiqariladi. Bu haqda Ozodlikka gapirgan kompaniya vakiliga ko‘ra, yangi telefonlar xorijiy analoglaridan qolishmaydi va ularga nisbatan 30 foiz arzonroqdir.

O‘zbekistonda televizor, konditsioner, gaz plitasi, changyutgich, mikroto‘lqinli pech ishlab chiqaradigan Artel kompaniyasi 17 dekabr kuni Toshkentdagi "Dedeman Silk Road" mehmonxonasida o‘z mijozlariga yangi Android dasturi asosida ishlaydigan samrtfonlarini taqdim qildi.

Kompaniyaning axborot bo‘limi mulozimi Jalol Imodinovning Ozodlikka aytishicha yangi telefonlar 2013 yilning birinchi yanvaridan boshlab sotuvga chiqarila boshlaydi:

- Biz mijozlarimizga besh xil telefon va to‘rt xil kir yuvish mashinalarini taqdim qildik. Hozir bu mollarni ishlab chiqarish boshlangan, Xudo xohlasa, yangi yildan savdoga chiqadi. Biz Alcatel-Lucent kompaniyasi bilan shartnoma tuzganmiz. Hamkorlikda telefonlarning yangi modellarini ishlab chiqarish niyatimiz bor,- deydi Jalol Imodinov.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yangi Android telefonlarini Internetda ko‘rgan Ozodlik mushtariylaridan biri, bu telefonlar Samsung Galaxy II smartfoniga juda o‘xshaydi, deya fikr bildirdi.

Biz mushtariyning bu iddaosi xususida Jalol Imodinovdan so‘radik:

- Yo‘q, biz undan hech qanday andaza olganimiz yo‘q. Gap shundaki biz Samsung kompaniyasi bilan ham hamkormiz. Hamkorlikda televizorlar ishlab chiqarilyapti. Biz telefonlar dizaynlarini ham hamkorlikda ishlab chiqaryapmiz,- deydi kompaniya mulozimi.

Jalol Imodinovning aytishicha, yangi “Artel” telefonlari xalqaro standartlarga to‘la javob beradi va MSM 8225, 1200 MGz va MTK 6515VB, 1000 MG protsessorlariga va 4Gb lik xotira kartasiga ega. Bu telefonlar shuningdek 5MR fotoapparat bilan ham jihozlangan.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bu telefonlar xorijiy analoglariga nisbatan 30 foiz arzon ekani aytilmoqda.

Artel kompaniyasi ishlab chiqarayotgan boshqa elektr tovarlari ham O‘zbekiston bozorida xorijda ishlab chiqarilgan anjomlarga nisabatan arzonroq sotilmoqda. Biroq, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 28 yoshli muhandis Nurmatning aytishicha, Artel mollari sifatidan mijozlar ko‘ngli to‘lmayapti:

- Hozir tyunersiz 16ta kanal ko‘rsatadigan Artel televizorlarini rosa reklama qilishyapti. Olib ko‘rgan tanishlarimdan so‘rasam, yo‘q, reklama qilganchalik emas deyishdi. Undan ko‘ra uni ustiga ozgina pul qo‘shib boshqa kompaniyanikini olsam bo‘larkan, deyishyapti. Boshqa texnikalari ham shunday. Lekin arzonligi va sotib olishda imtiyozlari borligi uchun bu kampaniya mollari yomon sotilyapti, deb bo‘lmaydi. Mana telefon chiqsinchi, srazu men solishtirib ko‘raman. Qani boshqa telefonlarga dosh beradimi yoki yo‘q, ko‘ramiz,- deydi Nurmat.

Artel kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini 2011 yilda o‘z savdo belgisi ostida maishiy texnika vositalari ishlab chiqarish bilan boshlagan.

Artel kompaniyasi biznesining yo‘lga qo‘yilishida Janubiy Koreyaning SAMSUNG, Xitoyning MIDEA, Italiyaning GLORIYA hamda Turkiyaning ODUL kompaniyalari bilan tuzilgan strategik hamkorlik shartnomalari asosiy omil bo‘lgani aytiladi.
XS
SM
MD
LG