Линклар

Shu yilning 16 dekabr kuni Toshkentdagi “Turkiston” saroyida bodibilding bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

“Turkiston” saroyiga musobaqaning saralash bosqichidan o‘tgan bodibildingchilar tashrif buyurdi.

Sakkiz vazn toifasida ishtirok etadigan o‘smirlar va kattalar o‘rtasidagi mazkur musobaqada yakunida 20 yashar Umid Xusanov mutlaq g‘olib, deb topildi.

Chempionatda shuningdek, mamlakatning turli hududlaridan tashrif buyurgan eng yaxshi atletlar ham ishtirok etdi.

Ularning orasida, sportchilar Aleksandr Saxarov, Armen Pashikyan va boshqalar bor.

O‘zbekiston bodibilding federatsiyasi matbuot xizmatining Ozodlikka ma‘lum qilishicha, ushbu musobaqa ko‘pchilik yosh sportchilar uchun ilk yirik musobaqa vazifasini o‘tagan.

20 dekabr kuni Toshkentdagi “Zarafshon “ restoranida o‘zbek bodibilding ustalarining namoyishi belgilangan, deydi tadbir tashkilotchisi Matkarimov Farxod Ozodlik bilan suhbatda.

Suhbatdoshga ko‘ra, bu tadbir 50dan oshiq sportchining mushaklar namoyishidan iborat bo‘ladi.


Mushaklar namoyishi


Bodibilding sport turi sifatida 100 yildan beri yashab keladi. Ba‘zan bodibilding musobaqlarida Armrestling (qo‘l qayirish) soxasi ustalari ham qatnashadi.

Toshkentdagi “Turkiston” saroyida o‘tgan bodibilding bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida PITBULL tahallusi bilan tanilgan armrestler Sunnat Zufarov ham ishtirok etib, ikkinchi o‘rinni egalladi.

Sunnat Zufarov O‘zbekkistonda dong‘i chiqqan armrestler hisoblanadi.

Bodibilding¸ Armrestling kabi sport turi bizga Amerikadan kelib ommalashdi deydi O‘zbekiston Armrestling Ligasi prezidenti Jasur Aliakbarov Ozodlik bilan suhbatda:

- Bu sport turlariga xos xususiyat ulardagi shou unsurining ko‘pligi bilan bog‘liq. Bu har ikkala sport turi sizni inson tanasi imkoniyati va mushaklar kuchi bilan xayratga soladi. Hozirgi paytda O‘zbekistonda bodibilding ham, armrestling ham shiddat bilan rivojlanmoqda. Nega desangiz bu sport turlarining joziba qudrati kuchli¸ deydi Jasur Aliakbarov.

Suhbatdoshga ko‘ra, bodibilding sportchi uchun yashash uslubidir.

O‘zbekistonda Bodibilding federatsiyasi 20 yildan beri faoliyat ko‘rsatib keladi. O‘zbek bodibildingchilari MDH va dunë musobaqalarida faol ishtirok qilib kelishadi.
XS
SM
MD
LG