Линклар

FIFA tashkiloti yilning eng chiroyli goliga beriladigan Pushkash mukofoti uchun kurashayotgan gollar sonini uchtaga qisqartirdi.

Online ovoz berishning dastlabki bosqichida qatnashgan o'n goldan tanlov final bosqichga uch gol saralab olindi.

Ular "Santos" klubi hujumchisi Neymar, "Atletiko Madrid" hujumchisi Radamel Falkao va "Fenerbahche" o'yinchisi Miroslav Stox kiritgan gollardir.

Eng chiroyli gol uchun ovoz berish 2013 yilning 7 yanvariga qadar davom etadi. Tanlovning yakunig natijasi esa 7 yanvar kuniga rejalashtirilgan FIFAning gala-konsertida e'lon qilinadi.

Yilning eng chiroyli goli egasiga afsonaviy futbolchi Frens Pushkash nomidagi mukofot topshiriladi.

Eslatamiz, 2011 yilgi Pushkash mukofotini braziliyalik taniqli futbolchi Neymar ushbu goli uchun qo'lgan kiritgan edi.

Quyida FIFAning 2012 yilgi Pushkash mukofoti uchun kurashda final bosqichiga chiqqan uchta golni e'tiboringizga havola etamiz.

Radamel Falkao (Amerika de Kali - Atletiko Madrid, 2012 yil 19 may)



Neymar (Santos - Internatsional, 2012 yil 7 mart)




Miroslav Stox (Fenerbahce - Genjbirliyi, 2012 yil 3 mart)




Aziz futbol muxlisi, siz o'zingizga yoqqan gol uchun bu havola orqali ovoz berishingiz mumkin. Buning uchun gol ostidagi "vote" tugmachasini bosing.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG