Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:37

Ravshan Ermatov brigadasi “Suzuki Cup 2012” finalini boshqaradi


Ravshan Ermatov boshchiligidagi o‘zbekistonlik FIFA referilari brigadasi Tailand va Singapur terma jamoalari o‘rtasida o‘tadigan “Suzuki Cup 2012” musobaqasining ikkinchi final o‘yinini boshqaradi.

Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi ma‘lum qildi.

Final o‘yinida bosh hakam Ravshan Ermatovga qanot referilari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam beradi.

“Suzuki Cup 2012” musobaqasi birinchi final uchrashuvi 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi va unda Singapur termasi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Ikkinchi final uchrashuvi 21 dekabr kuni Tailand terma jamoasi maydonida o‘tadi.

Eslatamiz, o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov so‘nggi to‘rt yil mobaynida Osiyoning eng yaxshi hakami unvonini qo‘lga kiritib kelmoqda.
XS
SM
MD
LG