Линклар

Odnoklassniki internet ijtimoiy tarmog‘ining asosiy veb-sahifasi to‘lig‘i bilan o‘zbek tiliga tarjima qilindi.

Tarmoq matbuot kotibi Mariya Lapukka ko‘ra, O‘zbekistonda Odnoklassniki.ru xizmatidan foydalanadiganlar soni ko‘pchilikni tashkil qiladi va shuning uchun tarmoq veb-sayti birinchilardan bo‘lib o‘zbek tiliga tarjima qilindi.

LiveInternet xizmati statistikasiga ko‘ra, O‘zbekistonda Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘idan faol foydalanadiganlar soni 1 milliondan oshadi.

Ularning asosiy qismi (77%) tarmoqqa mobil uskunalar orqali kirishni afzal ko‘radi.

Odnoklassniki tarmog‘ining mobil versiyasi joriy yilning aprel oyida o‘zbek tiliga to‘lig‘i bilan tarjima qilingan edi.
XS
SM
MD
LG