Линклар

Iroq futbol federatsiyasi mashhur argentinalik futbolchi Diyego Maradonna bilan Iroq terma jamoasiga murabbiylik qilish masalasi yuzasidan muzokaralar olib borilayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni inkor qildi.

Iroq futbol federatsiyasining bildirishicha, bu lavozim uchun Maradonna nomzodi hech qachon muhokama qilinmagan. Payshanba kuni Maradonnaning agenti Ernan Tofoni jurnalistlarga Iroq bilan muzokaralar olib borilayotganini aytgan edi.

Maradonna iyul oyida Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Vasl” futbol klubi bosh murabbiysi lavozimini tark etgan edi.
XS
SM
MD
LG