Линклар

O‘zbekiston futbol federatsiyasi FIFA tashkilotining “Feyr-pley” (Fair Play) sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan yakuniy uchta nomzod ro‘yxatiga kiritildi.

Bu haqda federatsiya o‘z veb-sahifasida ma‘lum qildi.

Ushbu sovrin uchun bellashayotgan nomzodlar qatoridan Gvatemala futbol federatsiyasi va Turkiyaning “Eskishehirspor” futbol klubi ham o‘rin olgan.

1987 yilda ta‘sis etilgan FIFA “Feyr-pley” sovrini yil davomida eng halol o‘yin ko‘rsatgan klub yoki tashkilotga topshiriladi.

FIFA veb-saytida aytlishicha, O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari va klublari Osiyo futbol konfederatsiyasining 2012 yildagi musobaqalarida "Feyr-pley" qoidasi bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plashdi.

FIFA "Feyr Pley" mukofoti 2013 yilning 7 yanvar kuni Syurix shahrida o‘tadigan yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimida o‘z egasiga topshiriladi.
XS
SM
MD
LG