Линклар

logo-print
Rossiyaning nufuzli Sports.ru veb-nashri futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tayanch himoyachisi Odil Ahmedovni 6 million yevroga baholadi.

Nashr tuzgan “Osiyoning eng qimmat 11 futbolchisi ro‘yxati”da ayni damda Rossiya Premer-ligasining “Anji” klubida to‘p surayotgan Ahmedov yettinchi o‘rindan joy olgan.

25 yoshli Odil Ahmedov iyun oyida olgan jarohati tufayli Germaniyada jarrohlik amaliyotini boshdan kechirib, qariyb uch oyga safdan chiqishga majbur bo‘lgan edi.

Jarohati tuzalganidan so‘ng Ahmedov jamoadagi kuchli raqobatga qaramay, yana “Anji”ning asosiy tarkibidan joy oldi.

“Anji” ayni damda Rossiya chempionatining ikkinchi pog‘onasidan o‘rin olgan.
XS
SM
MD
LG