Линклар

Tojikiston hukumati 20 dekbar kuni qabul qilingan 130 internet saytni to‘sib qo‘yish to‘g‘risidagi o‘z qarorini bekor qildi.
ITAR-TASS agentligining ma‘lum qilishicha, Tojikiston aloqa xizmati bundan avval ham Facebook, Ozodlik radiosi tojik xizmati, “Aziya plyus” axborot agentliklari saytlarini to‘sib qo‘yar edi.
Xabarlarda aytilishicha, 130 saytdan to‘siqni olib tashlash to‘g‘risidagi qaror imzolanganiga qaramay, “Tsentraziya” va “Farg‘ona” kabi yirik saytlar tojikistonlik internet foydalanuvchilar uchun yopiqligicha qolmoqda.
XS
SM
MD
LG