Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:22

Qozog‘istondagi aviahalokatda 27 odam qurbon bo‘ldi


Qozog‘iston janubidagi Shimkent shahrida seshanba kuni AN-72 harbiy –transport samolyoti halokatga uchradi. Samolyot bortida bo‘lgan 20 yo‘lovchi hamda 7 ekipaj a‘zosi halok bo‘lgan.

Milliy xavfsizlik qo‘mitasining bildirishicha, chegara qo‘shinlariga qarashli bo‘lgan mazkur uchoq Ostonadan Shimkentga uchayotgan edi. Halok bo‘lganlar orasida chegara qo‘shinlari qo‘mondoni vazifasini bajaruvchi polkovnik Turganbek Stambekov ham bo‘lgan.

Aviahalokat sabablari hozircha ma‘lum qilingani yo‘q. Halokat joyida qutqaruvchilar ishlamoqda. Voqea tafsilotlari o‘rganilayapti.
XS
SM
MD
LG