Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:03

“Bouling Yulduz”ga o‘t ketdi


26 dekabr kuni Toshkentning Amir Temur ko‘chasida joylashgan “Bouling Yulduz” ko‘ngilochar kompleksiga o‘t ketdi. Natijada poytaxt markazini bog‘lovchi Amir Temur shoh ko‘chasi 2 soat davomida bir tomonlama yopildi.

Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasining 20 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi mashinaci va maxsus otryadi, Toshkent shahar Favulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlaridan iborat guruh yong‘inni bartaraf o‘chirishga erishdi.

Mashhur “Yulduz” fabrikasi va "Mexx" savdo tarmog‘iga tutash bouling sport kompleksining o‘zini Katya deb tanishtirgan xodimiga ko‘ra, yong‘indan asosan boulingga yondosh diskoteka zali zarar ko‘rgan. Diskoteka zali plastik panellardan qurilgani, devor qoplamalari qalin jun matolar bilan qoplangani bois ham alanga tez rivojlangan. Zaldagilar darhol evakuatsiya qilingan.

Voqea guvohlaridan biri diskotekadagi yoshlarning yong‘in xavfsizligiga rioya qilmaganligi, sigareta qoldig‘ini belgilanmagan joyga tashlagani bois o‘t chiqqanini e‘tirof etgan bo‘lsa, hodisaning yana bir guvohi yong‘in sababi sifatida yosh-yalanglar o‘rtasida chiqqan mojaroni sabab qilib ko‘rsatmoqda.

Toshkent shahar IIBB YoXBB navbatchilik qismi Ozodlik muxbiri bilan mikrofonsiz suhbatda yong‘in chiqqani, uning bartaraf qilingani, qurbonlarning yo‘qligi haqida gapirdi, ammo yong‘in tafsilotlariga to‘xtalmadi.

Voqea joyiga yaqin mavzeda yashaydigan toshkentlik Muxtor akaning aytishicha, “Bouling Yulduz" ko‘p yillardan beri yoshlar kechasi to‘planadigan maskanga aylangan.

“Bouling Yulduz" deb ataladigan mazkur markaz fahsh va qimorxonadan boshqa narsa emas. Bularning bozori ayniqsa kechasi qiziydi. Kunduzi ko‘chalarda ko‘rinmaydigan bir inomarkalar (avtomobil demoqchi — tahr.) keladi, ko‘rib hayron qolasiz. Ertalabagcha bazmi jamshid... ” deydi mazkur dahada yashovchi Muxtor aka.
XS
SM
MD
LG