Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:08

Messi Ispaniyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi


“Barselona” futbol klubi o‘yinchisi Lionel Messi nufuzli Marca sport nashri olib borgan so‘rovga ko‘ra Ispaniyaning 2012 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

So‘rovda Messi uchun ovoz berganlar soni 60 foizni, ya‘ni 115 ming kishini tashkil etdi.

25 yoshli Lionel Messi uchun 2012 yil yutuqlarga boy bo‘ldi. U 2012 yildagi gollari sonini 91 yetkazib, bir taqvim yilida eng ko‘p gol kiritish bo‘yicha 40 yil turgan rekordni yangiladi.

Bundan tashqari Messi “Barselona” tarkibida Ispaniya kubogini yana bir bor qo‘lga kiritdi.

So‘rovda ikkinchi o‘rinni 14 foiz ovoz bilan “Real Madird” futbol klubi o‘yinchisi Krishtiano Ronaldu egalladi.

“Atletiko” klubi hujumchisi Radamel Falkao esa 10 foiz ovoz bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Eslatamiz, Lionel Messi FIFA tarafidan 2012 yilning eng yaxshi o‘yinchisi unvoniga nomzodlar uchligiga kiritilgan. Ushbu uchlikka "Barsa"ning yana bir o'yinchisi Andres Inyesta hamda Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtiano Ronaldular ham kirgan.

Har yili yanvar oyi boshida FIFA tarafidan taqdim etiladigan ushbu unvonga Lionel Messi so‘nggi uch yil davomida egalik qilib kelmoqda.
XS
SM
MD
LG