Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:40

Isroil harbiylari bilan to‘qnashuvda 30 dan oshiq falastinlik jarohat oldi


Iordan daryosining G‘arbiy sohilida 1 yanvar kuni Isroil harbiy kuchlari bilan yuz bergan to‘qnashuvda 30 dan oshiq falastinlik jarohat oldi.

Xabarlarga ko‘ra, to‘qnashuv Tamun qishlog‘i bozorida Isroil harbiylari tarafidan “Islom jihodi” harakati a‘zosini qo‘lga tutish uchun uyushtirilgan amaliyot paytida yuz bergan.

Harbiy amaliyotni uyushtirgan Isroil maxsus kuchlari vakillari ko‘zga tashlanmaslik uchun bozorga arab savdogarlari kiyimida kirgani aytilmoqda.

Harbiylar fosh etilganidan so‘ng olomon ularni toshbo‘ron qila boshlagan. Bunga javoban Isroil harbiylari ko‘zdan yosh chiqaruvchi gaz, oddiy va rezinadan yasalgan o‘qlarni ishlatgan.

Voqeada ikki Isroil harbiysi jarohat olgani xabar qilinmoqda.

Isroil armiyasi matbuot xizmati harbiylar “Islom jihodi” harakati a‘zosini so‘roq qilish uchun qo‘lga olganini ma‘lum qildi.
XS
SM
MD
LG