Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:41

Futbol: Janubiy Koreyaga qarshi o'yin oldidan Xitoyga safar


Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi. Qatar, 2011.
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi. Qatar, 2011.
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 6 iyunda mehmonda Xitoy terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Bu haqda O'zbekiston futbol federatsiyasi o'z Twitter sahifasi orqali terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga tayanib ma'lum qildi.

Xitoy terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi Qosimov jamoasi uchun 11 iyunga belgilangan Janubiy Koreya jamoasiga qarshi mehmonda o'tadigan o'yinga tayyorgarlik sifatida ko'rilmoqda.

Eslatamiz, Janubiy Koreya - O'zbekiston o'yini JCh-2014 so'ngi saralash bosqichi doirasida o'tkaziladi. 2012 yilning 19 sentabrida ikkala jamoa o'rtasida Toshkentda o'tgan dastlabki o'yinda 2:2 hisobida durang qayd etilgan edi.

JCh-2014 so'ngi saralash bosqichining "A" guruhidan joy olgan O'zbekiston besh turda 8 ochko to'plagan holda guruhda peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda 7 ochko to'plagan, biroq zahirasida yana bir uchrashuvi bor Janubiy Koreya turibdi.

So'nggi bosqich doirasida O'zbekiston terma jamoasini oldinda yana uch o'yin - Livan, Janubiy Koreya va Qatar terma jamoalariga qarshi o'yin kutmoqda.

Besh jamoa bellashayotgan "A" guruhida birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar 2014 yilda Braziliyada o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.
XS
SM
MD
LG