Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:00

Fransuz nashri yana Muhammad Payg‘ambar karikaturalarini chop etdi


Charlie Hebdo jurnali Fransiya hukumati ogohlantiruvlariga qaramay, yana Muhammad Payg‘ambarni hajv qiluvchi karikaturalarni o‘z sahifasida e‘lon qildi.

Fransiyada chiqadigan Charlie Hebdo satirik jurnali Muhammad payg‘ambarni hajv qiluvchi 64 sahifalik karikaturalar to‘plamini chop etdi.

Jurnal bosh muharriri Stefan Sharbone karikaturalar bosilishi haqida yakshanba kuni ma‘lum qilgan edi.

Fransiya hukumati matbuot vakili Najat Ballo-Belkasem esa hozir bunday suratlarni bosishning mavridi emas, bu olovga moy purkashdan boshqa narsa emas, deya karikaturalarni nashr etmaslik haqida ogohlantirgan edi.

Fransiya hukumatining ogohlantiruvlariga qaramay jurnal 2 yanvar kuni karikaturalarni chop etdi.

Jurnalning bosh sahifasida oq kiyim kiygan va cho‘lda tuya yetaklab ketayotgan odam tasvirlangan.

- Biz Muhammad hayotini musulmon asarlariga muvofiq ravishda chizib chiqdik. Hech qanday qo‘shimcha hajv yo‘q edi,- deyiladi haftanoma veb sahifasida.

Charlie Hebdo haftaligi avval ham bir necha marta Muhammad Payg‘ambar karikaturalarini chop etgan.

2007 yil Daniyaning Jyllands-Posten jurnalidan Muhammad Payg‘ambar hajv qilingan 12 suratni ko‘chirib bosgani musulmon dunyosida katta noroziliklarga sabab bo‘lgan edi.

O‘shanda Parijdagi ikki Islom tashkiloti jurnalni irqchilikda ayblab, sudga bergan, lekin mahkama ularning talabini qondirmagan edi.

O‘tgan yili sentyabr oyida ham Charlie Hebdo Muhammad payg‘ambar hajv qilingan suratlarni chop etgan va bu dunyo bo‘ylab musulmonlar g‘azabiga uchragan edi.

Buning ortidan Fransiya hukumati ayrim davlatlardagi vakolatxonalarini vaqtincha yopishga majbur bo‘lgan edi.
XS
SM
MD
LG