Линклар

O'zbekiston birinchi raketkasi Denis Istomin Avstraliyaning Brisben shahrida o'tayogan xalqaro tennis musobaqasining chorak finaliga chiqdi.

Bugun o'tgan matchda Istomin avstraliyalik tennischi Leyton Hyuit bilan uchrashdi. Qiyin kechgan o'yin ikki setda - 7:5, 7:5 hisobida o'zbekistonlik tennischi foydasiga yakunlandi.

Bu Istomin uchun Brisben xalqaro turinidagi ikkinchi o'yin bo'ldi. Birinchi o'yinda u slovakiyalik tennischi Martin Klijanga qarshi chiqdi va uni ham ikki setda mag'lub etdi.

Chorak finalda Denis Istomin britaniyalik taniqli tennischi Endi Marrey va avstraliyalik Jon Milman juftligi g'olibi bilan bellashadi.

Katta dubulg'a turkumiga kiruvchi turnir g'olibi va 2012 yilgi Olimpiada o'yinlari chempioni Endi Marrey Brisben musobaqasining birinchi raketkasi, dunyoda esa uchinchi raketka hisoblanadi.

Juftliklar bellashuvida esa Denis Istominga omad kulib boqmadi. U va uning juftlikdagi sherigi rossiyalik Mixail Yelgin birinchi turda bolgariyalik va yaponiyalik tennischilar juftligiga mag‘lub bo‘lishdi.

Brisbenda o‘tayotgan xalqaro turnirning mukofot fondi 436 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
XS
SM
MD
LG