Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:35

Futbol: Mirjalol Qosimov dunyo murabbiylari reytingida 14-o'rinni egalladi


Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2012 yildagi eng yaxshi milliy terma jamoa murabbiylari reytingini e'lon qildi. 17 murabbiy kiritilgan reytingda futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov 14-o'rinni egalladi.

Mirjalol Qosimov 2012 yilda Vadim Abramov o'rniga O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlangan edi. Uning boschiligida terma jamoa to'rt o'yinda ishtirok etib, ikki durang va ikki g'alabaga erishdi.

Ayni damda O'zbekiston terma jamoasi 2014 yilgi Jahon chempionati so'ngi saralash bosqichining "A" guruhida 8 ochko to'plagan holda peshqadamlik qilmoqda.

IFFHSning yilning eng yaxshi murabbiylari reytingida birinchi o'rin uchinchi bor Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Vinsente del Boskega berildi. Ispaniya termasi 62 yoshdagi del Boske boshchiligida 2012 yilgi Yevropa chempionatida g'olib bo'ldi.

Reytingda ikkinchi o'rinni Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Chezare Prandelli egalladi. 2012 yili "Skuadra Adzurra" 55 yoshli Prandelli boshchiligida Yevropa chempionati finaligacha yetib bordi.

Uchinchi o'rin esa Meksika olimpiya terma jamoasi bilan 2012 yilgi Longon Olimpiadasi chempioniga aylangan Luis Fernando Tenaga nasib etdi.

IFFHS yilning eng yaxshi murabbiylari reytingini dunyoning har bir qit'asidan futbol ekspertlari qatnashgan so'rov asosida tuzgan.
XS
SM
MD
LG