Линклар

2012 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning internetdagi milliy domen hududida 15811 ta domen nomi ro‘yxatga olindi. Bu 2011 yilga nisbatan 2373 taga ko‘p, ya‘ni bir yillik o‘sish 17,7 foizga teng bo‘lgan.

Markaziy Osiyo yangiliklar xizmatining UZ domen hududi ma‘muriyati statistikasiga tayanib xabar berishicha, o‘tgan yili jami 5965 ta yangi domen ro‘yxatga olindi va qariyb 3600 tasi o‘chirildi.

Domen nomlarining 8500 tasi yoxud 54 foizi yuridik shaxslar, 7200 dan ortig‘i yoki 46 foizi jismoniy shaxslar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Domen nomlarining 13,3 mingtasi (84,3%) O‘zbekiston rezidentlariga tegishli.

1995 yil 29 aprelidan e‘tiboran UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi UZ milliy domenining ma‘muriyati sanaladi.
XS
SM
MD
LG