Линклар

AQSh Davlat departamenti payshanba kuni Google shirkatining ikki rahbari Shimoliy Koreyaga safar qilishiga norozilik bildirdi.

Google ijrochi direktori Erik Shmidt va Nyu Meksiko shtatining sobiq gubernatori Bill Richardson gumanitar aksiya doirasida Pxenyanga safar qilish niyatida ekanini e‘lon qilgan edi.

Davlat departamenti rasmiysi Viktoriya Nuland Shimoliy Koreyaga safar qilish uchun “mutloq noqulay payt” tanlanganini aytdi.

Nuland dekabr oyida Shimoliy Koreya xalqaro sanktsiyalarga qaramay, ballistik raketa sinovini amalga oshirganini yana bir bor eslatib o‘tdi.
XS
SM
MD
LG