Линклар

Italiyaning "Milan" futbol klubi o'yinchilari stadionga kelgan muxlislarning irqiy kamsitishlari tufayli "Pro Patriya" klubi bilan o'tayotgan o'roqlik uchrashivini muddatidan avval to'xtatishdi.

Reuters axborot agentligining xabar berishicha, 3 yanvar kuni Lombardiya provinsiyasida bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida mezbon "Pro Patriya" jamoasi muxlislari "Milan"ning qora tanli Kevin-Prins Boatenni ochiqchasiga haqoratlay boshlashgan.

O'yinning 25-daqiqasida irqiy haqoratlarga chiday olmagan Boateng to'pni qo'liga olib, mezbon muxlislar tribunasiga qarata tepib yubordi va maydonni tark etishga qaror qildi. Boateng bilan maydonni "Milan" jamoasining qolgan o'yinchalari ham tark etishdi.



Ushbu voqeani sharhlar ekan "Milan" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri shogirdlari vaziytdan kelib chiqqan holda to'g'ri qarorga kelishganini ta'kidladi.

"Pro Patriya" futbol klubi Italiyaning to'rtinchi divisonida - C2 Seriyasida to'p suradi.

So'nggi paytda irqiy kamsitishlar Yevropa futbolida tez-tez uchramoqda. Angliya terma jamoasi o'yinchisi va Londonning "Chelsea" klubi sardori Jon Terrining "QPR" klubi qora tanli o'yinchisi Anton Ferdinandni kamsitishi hamda serbiyalik muxlislarning Angliya yoshlar terma jamoasi o'yinchilarini haqoratlashi shulardandir.
XS
SM
MD
LG