Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:25

Lionel Messi - to‘rtinchi bor yilning eng yaxshi futbolchisi


“Barselona” futbol klubi hujumchisi argentinalik Lionel Messi qatorasiga to‘rtinchi bor FIFA tarafidan yilning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi.

Dunyoning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan maxsus so‘rovda 25 yoshli Messi 40 foizdan ko‘p ovoz to‘plagan.

Karerasidagi to‘tinchi “Oltin to‘p”ni Messiga Tsyurix shahrida o‘tgan gala-tadbirda FIFA prezidenti Zepp Blatter topshirdi.




Mazkur nufuzli unvonga Lionel Messi bilan birga uning jamoadoshi Andres Inesta hamda Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldular nomzodlik qilishgandi.

Eslatamiz, Lionel Messi 2012 yilda jami 91 gol urib, bir taqvim yilida kiritilgan gollar soni bo‘yicha dunyo rekordini yangilagan edi.

Qatorasiga to'rt marotaba yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilga Lionel Messining 2012 yili o'tkazgan o'yinlaridan gollar va qiziqarli onlar to'plami:

XS
SM
MD
LG