Линклар

logo-print
Google shirkati ijrochi direktori Erik Shmidt tanqidlarga qaramay Nyu Meksiko shtati sobiq gubernatori Bill Richardson bilan birgalikda Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi.

Richardson AQSh hukumati noroziligiga sabab bo‘lgan ushbu tashrif maqsadi gumanitar yordam ko‘rsatish hamda o‘tgan yili qamoqqa olingan amerikalik Kennet Beyni ozod etishga chaqirish ekanini aytgan.

Internet erkinligi tarafdori Erik Shmidt esa Internetni qattiq nazoratga olgan Shimoliy Koreyaga safari tafsilotlarini ochiqlamagan.

AQSh hukumati ikki amerikalik Shimoliy Koreyaga safar qilish uchun “mutloq noqulay payt” tanlaganini bildirgan.

Shimoliy Koreya dekabr oyida xalqaro sanktsiyalarga qaramay, ballistik raketa sinovini amalga oshirgan edi.
XS
SM
MD
LG