Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:18

Chiqish vizasisiz xorijga chiqish 10 yilgacha qamoq bilan jazolanadi


Joriy yilning 4 yanvaridan boshlab qonunga xilof ravishda O‘zbekistondan chet elga chiqish yoki O‘zbekistonga kirish uchun jazo 5 yildan 10 yilgacha qilib belgilandi.

O‘zbekiston Prezidenti o‘tgan yilning 29 dekabr kuni noqonuniy migratsiya uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartishlarni ma‘qulladi.

Prezident tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, "Jinoyat kodeksi"ning 223-moddasiga o‘zgartishlar kiritildi.

Endilikda qonunga xilof ravishda O‘zbekistondan chet elga chiqish yoki O‘zbekistonga kirish uchun 5 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi ko‘zda tutiladi.

"Jinoyat kodeksi"ga kiritilgan o‘zgartish mualliflaridan biri, ismini oshkor qilmayotganimiz manbaga ko‘ra, avval bu jazo 3 yildan 5 yilgacha bo‘lgan.

"Jinoyat Kodeksi"ning 223-moddasi ya‘ni "Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish" moddasiga ko‘ra, belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish, yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish, yoxud chegaradan o‘tish eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazo belgilangan edi. Jarima miqdori o‘zgarmadi. Lekin qamoq muddati 10 yilgacha uzaytirildi", dedi suhbatdosh.

Manbaning aytishicha, chiqish vizasi bo‘lmagan yoki chiqish vizasi muddati o‘tgan holda chet elga chiqqan fuqarolarga nisbatan ham ayni jazo qo‘llaniladi.

"Agar O‘zbekiston fuqarosi chiqish vizasi bo‘lmagan holda Rossiyaga borsa-yu, u yerdan Germaniyaga o‘tsa, bu qonunga xilof ravishda chet elga chiqish hisoblanadi. Chiqish vizasisiz xorijga chiqqan fuqarolar Jinoyat kodeksining 223-moddasi bo‘yicha jazoga tortilib, 5 yildan 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi", dedi suhbatdosh Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda.

Uning aytishicha, endilikda Jinoyat kodeksining 223-moddasida ko‘zda tutilgan jazo xorijga chiqishi uchun maxsus ruxsat talab etiladigan mansabdor shaxslarga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Shuningdek, mazkur jazo O‘zbekistonga kirishi cheklangan xorij fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslarga nisbatan ham qo‘llaniladi.

XS
SM
MD
LG