Линклар

logo-print
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Avstraliyada o‘tayotgan Apia International Sydney halqaro turnirini tark etdi.

Turnir chorak finalida Istomin janubiy afrikalik tennischi Kevin Andersonga ikki setda 6:4, 6:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Nimchorak finalda o‘zbekistonlik tennischi turnirning to‘rtinchi raketkasi ispaniyalik Fernando Verdasko ustidan 6:3, 6:3 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Sidneyda o‘tayotgan xalqaro turnir mukofot fondi 436 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

Avvalroq Denis Istomin Avstraliyaning Brisben shahrida o‘tgan turnirda ham yarim finalga chiqa olmagan edi. Turnir chorak finalida u britaniyalik taniqli tennischi, 2012 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlari g‘olibi Endi Marreyga mag‘lub bo‘lgandi.
XS
SM
MD
LG