Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:40

Chevrolet Cobalt Bokuda taqdim etildi


Ozarbayjon poytaxti Bokuda “GM Uzbekistan” AQSh-O‘zbekiston qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan Chevrolet Cobalt avtomobilining taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Bu haqda “O‘zavtosanoat” hissadorlik shirkati ma‘lum qildi.

Chevrolet Cobalt Andijonning Asaka zavodida yig‘ilgan bo‘lib unga O‘zbekistondagi General Motors Powertrain Uzbekistan zavodida ishlab chiqarilgan hajmi 1,5 litr va 105 ot kuchiga ega bo‘lgan DOHC motori o‘rnatilgan. Bu motor 100 kilometrga 6,2 litr yonilg‘i sarflaydi.

Chevrolet Cobalt avtomobilini Bokuda GM kompaniyasining MDH va Ozarbayjondagi rasmiy dileri hisoblangan Performance Center shirkati sotadi.

“GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasi Chevrolet Cobalt avtomobilini O‘zbekistonda 2012 yil 5 sentyabrda taqdim qilgan.

2013 yilda O‘zbekistonda 120 mingdan ziyod Chevrolet Cobalt ishlab chiqarish va uning yarmidan ko‘pini xorijga eksport qilish rejalagan.
XS
SM
MD
LG