Линклар

logo-print
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) dunyodagi eng yaxshi futbol jamoalari reytingini e‘lon qildi.

O‘zbekiston kubogi sohibi va Chempionlar ligasining oxirgi yarim finali ishtirokchisi bo‘lgan Toshkentning Bunyodkor jamoasi o‘tgan oyga nisbatan o‘z mavqeini yaxshilagan.

Mirjalol Qosimov murabbiylik qilayotgan Bunyodkor 114 ochko bilan dunyodagi eng yaxshi futbol jamoalari ro‘yxatida 131-o‘rindan 118-o‘ringa ko‘tarilgan.

Toshkentning Paxtakor jamoasi esa 73,5 ochko bilan 311-o‘rindan 310-o‘ringa ko‘tarilgan.

Dunyoning eng yaxshi futbol jamoalari reytingida dastlabki uchta o‘rinni Ispaniyaning Barselona, Angliyaning Chelsi va Argentinaning Boka Xuniors jamoalari egallagan.
XS
SM
MD
LG