Линклар

logo-print
Chinoz tuman sudi shu tumanda yashagan Sherzod Nosirovni odam savdosida ayblab, 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

12news.uz saytining tuman sudi vakili so‘zlariga tayanib xabar qilishicha, Nosirov Qozog‘istondagi “Almatienergiyaservis” korxonasining Arkadiy ismli xodimi bilan til biriktirgan holda unga odam sotishga va‘da qilgan va mijoz qidirishga tushgan.

“Uning baxtiga Qozog‘istonda ishlashni istaganlar darrov topila qolgan. Agar chinozlik 17 kishi ularning har biriga 100 dollardan narx bichilganini bilganlarida, uning ortidan bormagan bo‘lardilar. Sherzod Nosirov Qozog‘istonda ishlashni istaganlarni ustalik bilan aldagan va ular qanday qilib oyiga 300 dollardan ishlashga rozi bo‘lganlarini bilmay qolganlar. Ulardan rozilik olganidan keyin Sherzod bitta guruhni 2011 yilning 21 aprel kuni Yallama posti orqali Qozog‘istonga olib o‘tib, Arkadiyga sotib yuborgan. Pulni olgan Sherzod 14 may kuni ikkinchi guruhni ham shu yo‘l bilan o‘tkazgan. Avvalgi kishilar taqdiridan bexabar bo‘lgan keyingi guruh 25 may kuni Qozog‘istonga o‘tgan va ular ham sotib yuborilgan”, - deya iqtibos keltiradi sud vakili so‘zlaridan 12news.uz.

Ish sudda ko‘rilayotgan paytda jabrlanuvchilar Sherzod Nosirovning jinoiy xatti-harakatlarini to‘laligicha tasdiqlaganlari aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG